Jizzax Print
“Jizzax Print” MChJ kompyuter komponentlari — tezkor xotira, ona plata, SSD va boshqa elektron komponentlarni ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirdi. Ishlab chiqarish 2026-yil I choragida ishga tushirilgan
- Jizzax
- Narquziyev Ural Sheratovich
- “Jizzax Print” MChJ
- 2 daqiqa o‘qish

- 1mln so‘m Ajratilgan mablag‘
- 15 Yaratilgan ish o‘rinlari
- 1 500 000 AQSh dollari Loyihaning umumiy qiymati
Qisqacha
“Jizzax Print” MCHJ Jizzax shahrida elektrotexnika sanoati yo‘nalishida zamonaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan investitsiya loyihasini amalga oshirdi. Korxona kompyuter chiplari va elektron komponentlar, jumladan operativ xotira qurilmalari, ona platalar, SSD va boshqa yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Loyihaning umumiy qiymati — 1,5 mln AQSH dollari.
G‘oyadan ishlab chiqarishgacha
Loyihani amalga oshirish ishlari 2025-yilning birinchi choragida boshlandi. Qurilish-montaj ishlari bajarildi, zamonaviy texnologik uskunalar xarid qilinib o‘rnatildi hamda ishga tushirish va sozlash ishlari amalga oshirildi.
Avval matbaachilik faoliyati bilan shug‘ullangan “Jizzax Print” uchun ushbu loyiha biznesni yangi yo‘nalishga olib chiqish, ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish va yuqori texnologiyali mahsulotlar bozoriga kirishda muhim bosqich bo‘ldi.
Bank ko‘magida yangi imkoniyatlar
Loyihani moliyalashtirish uchun “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan “Imkoniyat” kredit mahsuloti doirasida 850 ming AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratildi.
Moliyalashtirish zamonaviy uskunalarni xarid qilish va o‘rnatish, ishlab chiqarishni tashkil etish hamda aylanma mablag‘larni to‘ldirishga yo‘naltirildi. Jumladan, korxona elektron komponentlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan I.C.T. Full Auto SMT Line avtomatlashtirilgan uskunalar majmuasini xarid qildi.
Bugungi natijalar
Loyiha 2026-yilning birinchi choragida muvaffaqiyatli yakunlanib, ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunda korxona quvvatlarini bosqichma-bosqich oshirib bormoqda va ishlab chiqarish quvvatining 60 foizidan foydalanmoqda.
Korxonaning mavjud salohiyati 100 ming donagacha mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi. Mahsulotlar assortimenti esa 100 dan ortiq turdagi elektron mahsulot va komponentlarni qamrab oladi.
2026-yilning birinchi yarim yilligida korxona 4 mlrd so‘mlik savdo hajmiga erishdi.
15 ta yangi ish o‘rni
Loyihaning amalga oshirilishi natijasida 15 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Shu bilan birga, Jizzax hududida zamonaviy va yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar shakllandi.
Hozirda korxona mahsulotlari asosan ichki bozorga yetkazib berilmoqda. Kelgusida savdo geografiyasini kengaytirish va mahsulotlarni eksport bozorlariga olib chiqish imkoniyatlari ham o‘rganilmoqda.
Keyingi maqsad — ishlab chiqarish va eksportni kengaytirish
“Jizzax Print” MCHJ kelgusi yillarda ishlab chiqarish quvvatlari va mahsulot hajmini oshirish, assortimentni kengaytirish hamda yangi turdagi elektron mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Korxonaning ustuvor maqsadlari — ichki bozordagi o‘rnini yanada mustahkamlash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va eksport yo‘nalishini bosqichma-bosqich rivojlantirish.
Loyiha haqida video
Xronologiya
- 2025 Loyiha boshlanishi
- 2026 Ishlab chiqarishni kengaytirish
- 2027 Sotuv geografiyasi va eksport
Tadbirkor maslahatlari
- Tadbirkor maslahatlari
“Biznes bir joyda turmasligi kerak. Bozorda yangi imkoniyat ko‘rsangiz, uni o‘rganing, hisob-kitob qiling va tayyor bo‘lsangiz — harakatni boshlang.”
