Asosiy qismga o‘tish
Ishlab chiqarish

Farg‘onada yangi biznes va ish o‘rni yaratish imkoniyatlari

  • Fargʼona
Barcha videolar

Farg‘ona viloyatida "Biznesni rivojlantirish banki"ga Marg‘ilon, Farg‘ona, Qo‘qon shaharlari va Buvayda, Bag‘dod, Beshariq tumanlarida jami 116 mahalla biriktirilgan.

Tanlov asosida bank tomonidan 116 mahallada 37 ta “Mahalla bankiri” va 116 yordamchi agent ishga jalb qilindi.

"Biznesni rivojlantirish banki" 2025-yil davomida viloyatda 1 trln. so‘m kredit ajratish orqali umumiy 35 ming ish o‘rni yaratishni maqsad qilgan:

13 ming doimiy,

22 ming yangi ish o‘rni.

Ushbu tashabbuslar Farg‘ona viloyati aholisi va tadbirkorlariga yangi imkoniyatlar yaratadi, iqtisodiy rivojlanish va ishbilarmonlikni oshirishda muhim rol o‘ynaydi.