Ishlab chiqarish
Orzudan o‘z biznesigacha: Bahromjon Hasanovning muvaffaqiyat yo‘li
Barcha shortslar23 yoshli Bahromjon Hasanov Farg‘ona viloyati Buvayda tumani “Oqtepa” MFYda istiqomat qiladi. U o‘z mehnati va qat’iyati bilan biznes boshlash g‘oyasini amaliy faoliyatga aylantirdi.
Bahromjon o‘z kuchiga tayangan holda mebel ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Faoliyatni boshlashda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan ajratilgan 30 mln so‘mlik kredit muhim moliyaviy ko‘mak bo‘ldi.
Bugungi kunda tadbirkor 4 nafar yoshni ish bilan ta’minlagan. U yoshlarni nafaqat ishga jalb qilmoqda, balki ularga mebelchilik hunarini ham o‘rgatmoqda.
Bahromjonning tajribasi tashabbus, mehnat va moliyaviy imkoniyat birlashganda kichik g‘oyani barqaror biznes va yangi ish o‘rinlariga aylantirish mumkinligini ko‘rsatadi.