Asosiy qismga o‘tish
Qishloq xo'jaligi

15 mln so‘mdan boshlangan issiqxona — haftasiga 200 kg hosil

  • 00:40
  • Fargʼona
Barcha shortslar

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidagi “Qayrag‘och” MFYda Davlatjon Po‘latov issiqxona xo‘jaligini bosqichma-bosqich rivojlantirib bormoqda.

Dastlab 15 mln so‘mlik kredit hisobidan issiqxona kengaytirildi. Bugun bu yerda yetishtirilayotgan bulg‘or qalampiri haftasiga ikki marta, har safar o‘rtacha 100 kilogrammdan bozorga chiqariladi. Bu haftasiga qariyb 200 kilogramm mahsulot degani.

Keyingi bosqichda mahsulotni sotuv nuqtalariga yetkazib berish imkoniyati ham yaratildi. Tadbirkorga 8 mln so‘mlik yuk tashuvchi elektron skuter taqdim etildi.

Biznesning kengayishi natijasida 2 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi. Davlatjon Po‘latov issiqxona bilan bir qatorda chorvachilik va qo‘ychilik bilan ham shug‘ullanadi.

Kelgusida tadbirkor issiqxona maydonini yanada kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Bu loyiha mahalla bankiri ko‘magining amaliy natijasini ko‘rsatadi: biznes g‘oyani aniqlashdan boshlab, uni moliyalashtirish va faoliyatni kengaytirishgacha bo‘lgan jarayonda tadbirkorni qo‘llab-quvvatlash.