Surxondaryo viloyati Termiz shahri “Turon” MFY hududida yashovchi Furqat Qurbonov mahalla bankiri ko‘magida o‘z biznesini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan ajratilgan 100 mln so‘mlik imtiyozli kredit hisobiga u non va yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.
Bugungi kunda ushbu faoliyat 7 kishini doimiy ish bilan ta’minlamoqda. Furqatning tajribasi tadbirkorlikda harakatni davom ettirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish muhimligini ko‘rsatadi.